
HUAWEI FreeBuds SE 4 ANC
50 soat musiqa
50 soatgacha musiqa¹ · yangilangan shovqinni pasaytirish · yengil va ixcham.
Qulaylik
Ideal o‘rnashish, qulay taqish
Kichik vazn (bitta quloqchin atigi 4,3 g²) va 10 000 dan ortiq quloq kanali ma’lumotlari asosida yaratilgan ergonomik dizayn maksimal qulaylik beradi. Komplektda uch o‘lchamdagi uchliklar — har kim o‘ziga mosini tanlaydi³.

Ranglar
Har kimga o‘z uslubi
Batareya
Bir zaryad — butun hafta
G‘ilof bilan 50 soatgacha musiqa¹ — kuniga 7 soatdan butun hafta⁴. Bir zaryadda 10 soatgacha, faol shovqinni pasaytirish bilan 7 soatgacha⁵. 10 daqiqa quvvatlash 4 soatgacha ishlashga yetadi.

Shovqinni pasaytirish
Faol shovqinni pasaytirish bilan tovushga sho‘ng‘ing
Fon shovqinidan xalos bo‘ling va har bir notadan zavqlaning. Uch rejim — Ultra, Oddiy va Qulay — butun chastota diapazonida o‘rtacha 24 dB gacha shovqinni pasaytiradi⁶ va tovushni muhitga moslaydi.

Qo‘ng‘iroqlar
Shovqin yo‘q. Ovoz tiniq.
Ovozni yo‘nalgan holda ushlaydigan uchta mikrofon fon shovqinini to‘sadi — har qanday sharoitda qulay va tiniq suhbat.

Tovush
Shaxsiy tovush sozlamalari
Kuchli dinamiklar yuqori, o‘rta va past chastotalarni muvozanatli beradi. Musiqadan audiokitoblargacha — to‘rtta tayyor ekvalayzer rejimi yoki o‘z sozlamalaringiz.

Aloqa
Barqaror ulanish
Bluetooth 5.4 barqaror ulanish va film yoki o‘yinda tovush bilan tasvirning sinxronligini ta’minlaydi⁷.

Aloqa
Tez va qulay ulanish
Boshqaruv
Teginish bilan boshqarish
Ikki marta teginish — ijro yoki pauza, qo‘ng‘iroqqa javob berish va tugatish. Uch marta — oldingi yoki keyingi trek. 2 soniya bosib turish — shovqinni pasaytirish, atrofni eshitish va o‘chirilgan rejim o‘rtasida almashish.

Himoya
IP54 sachratqi va changdan himoya
Musiqa bilan mashq qiling — ter xalaqit bermaydi¹⁰.

Moslik
Keng moslik
iOS, Android va EMUI qurilmalari bilan ishlaydi — qurilmalar o‘rtasida oson almashing¹¹. HUAWEI Audio Connect ilovasida: batareya darajasi, imo-ishoralarni sozlash, quloqchinlarni qidirish va ekvalayzer.

Ishonchlilik
26 ta sinovdan o‘tgan
HUAWEI FreeBuds SE 4 ANC 26 ta sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan¹²: port 8000 marta, g‘ilof qopqog‘i 40 000 marta, g‘ilofga qo‘yish 10 000 marta, 1,8 m dan tushish, −40…+70 °C harorat va −20…+55 °C keskin o‘zgarishlar. SGS sertifikati.
Izohlar
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari: AAC, ovoz balandligi 50%, faol shovqinni pasaytirish o‘chirilgan, HUAWEI Pura 70, g‘ilofdan quvvatlash, boshqa sozlamalar standart. Haqiqiy natija ovoz balandligi, manba, shovqin, sozlamalar va foydalanishga bog‘liq.
- Haqiqiy vazn konfiguratsiya va ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari; haqiqiy his quloq shakliga bog‘liq.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari: kuniga 7 soat AAC, ovoz balandligi 50%, faol shovqinni pasaytirish o‘chirilgan, HUAWEI Pura 70, g‘ilofdan quvvatlash.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari: AAC, ovoz balandligi 50%, faol shovqinni pasaytirish yoqilgan, shamol shovqinini pasaytirish o‘chirilgan, HUAWEI Pura 70.
- 24 dB — 50 Hz dan 20 kHz gacha diapazonda o‘rtacha shovqinni pasaytirish, ma’lum sozlamalarda, Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari.
- Tovush kechikishi smartfon modeli, tizim versiyasi, kontent va video formatiga bog‘liq.
- Yaqinlashganda ulanish oynasi EMUI 10 / HarmonyOS 2 va yangi Huawei telefon va planshetlarida. iOS da — faqat HUAWEI Audio Connect ilovasi ochiq bo‘lsa.
- Qo‘lda ulash va zavod sozlamalarini tiklashda barcha audio xizmatlarni (qo‘ng‘iroqlar, musiqa, video) to‘xtating.
- IP54 — faqat quloqchinlarda (IEC 60529, GB/T 4208, laboratoriya sinovi), g‘ilof himoyalanmagan. Bu professional suv o‘tkazmaslik emas; himoya vaqt o‘tishi bilan kamayishi mumkin. Nam havoda quvvatlamang; suvdan shikastlanish kafolatga kirmaydi. Mashg‘ulotdan keyin quloqchinlarni quruq arting.
- Huawei bo‘lmagan qurilmalarda HUAWEI AI Life yoki HUAWEI Audio Connect ilovasini o‘rnating. Funksiyalar smartfon modeliga qarab farq qilishi mumkin.
- Huawei laboratoriyasi ma’lumotlari; haqiqiy natija qurilma, foydalanish va muhitga bog‘liq.
- ANC — faol shovqinni pasaytirish. Bluetooth® so‘zi va logotipi Bluetooth SIG, Inc. ning ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgilari. Sahifadagi rasmlar namoyish uchun, haqiqiy ko‘rinish farq qilishi mumkin.
Biz bilan bog‘lanish
HUAWEI FreeBuds SE 4 ANC
Saytda arizalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan. Iltimos, filialga qo‘ng‘iroq qiling — menejer modellar, mavjudligi va narxlar haqida javob beradi.










